Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi

Xodjayeva Firuza Ergashevna
Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
+998 (71) 203-32-23
Ichki raqam: 630
f.xodjaeva@mininnovation.uz
Xodjayeva Firuza Ergashevna 1960-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Toshkent Davlat Universitetini 1983-yili Tarixchi, tarix va jamiyatshunoslik oʻqituvchisi mutahassisligi boʻyicha tamomlagan. 2018-yil 1-noyabrdan Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda.
2006, 2011, 2016-yillarda “Oʻzbekiston Mustaqilligi” koʻkrak nishoni sovrindori, 2021-yil “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni sovrindori.
Mehnat faoliyati
1977-1979 yy. – A.Navoiy nomidagi Respublika kutubxonasi kutubxonachisi
1980-1992 yy.– Oʻzbekiston Respublikasi markaziy yoshlar qoʻmitasi mutaxassisi
1992-1992 yy. – “Yoshlik” MCHJ boʻlimi mudiri
1992-1994 yy. – “Abdulla Qodiriy” nomli jamgʻarmasi direktor oʻrinbosari
1994-1998yy. – Toshkent shahar hokimiyati Korxonalarni roʻyxatga va savdo tarmoqlarini hisobga olish boshqarmasi I-toifali mutaxassisi
1998-2003 yy. – Toshkent shahar hokimligining Investitsiya bosh boshqarmasi I- toifali mutaxassisi, yetuk mutaxassisi, matbuot xizmati boshligʻi
2003-2004 yy. – Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi Tashqi aloqalar va protokol xizmati boʻlimi boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari
2004-2018 yy. – Toshkent shahar hokimiyati Tashqi aloqalar va protokol xizmati boʻlimi boshligʻi
2018-2018yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm- fan va ilmiy texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasining Davlat ilmiy-texnik dasturlar boʻlimi bosh mutaxassisi
2018-2021yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Innovatsion rivojlanish sohasida xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi
2021-y.-h.v. – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.
Oilali, 3 nafar farzandi bor.
Asosiy vazifalari:
Innovatsion rivojlanish sohasida xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalarni oʻrnatish, rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish;
Innovatsiya sohasida xalqaro tajribani oʻrganish va tatbiq qilish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot fondlari va innovatsion markazlar, texnoparklar va boshqa tashkilotlar, hamda innovatsiyalar sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar vakillari bilan aloqqlarni oʻrnatish;
Xalqaro hamkorlik sohasida manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar tomonidan xorijiy sheriklar bilan shartnomalar tuzilishini muvofiqlashtirish va taʼminlash;
“Xorijiy maslahatchilar guruhi” tarkibiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq masalalalrni hal etish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Mamlakatni jahon hamjamiyatiga, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan innovatsion rivojlanish sohasida xalqaro hamkorlik dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish.