Yangiliklar

“Boʻlajak olim” tanlovining startap loyihalar gʻoliblariga grant mablagʻlari topshirildi

“InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida 25-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi  tomonidan eʼlon qilingan “Boʻlajak olim” tanlovining startap loyihalar gʻoliblariga sertifikatlar topshirildi. Tanlov natijariga koʻra 25 nafar gʻolib – startap loyihalari mualliflariga pul mablagʻlari taqdim etildi.

2021-yilning may oyidan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari doirasida “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar boʻyicha takliflar qabul qilish boʻyicha eʼlon berildi. Tanlov yakunlariga koʻra startap loyihalar boʻyicha 150 ta ariza qabul qilindi. Taqdim etilgan startap loyihalar “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” talablariga muvofiqligi tekshirilib, maxsus ekspertiza natijalariga koʻra startap loyihalar tanlov komissiyasi muhokamasiga kiritildi. Tanlov komissiyasi muhokamalaridan muvaffaqiyatli oʻtgan startap loyihalar moliyalashtirishga tavsiya etildi.

        

“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi

Familiyasi va ismi

Loyiha nomi

1

Abdurahmonov Otabek

Maktabgacha talim tashkilotlori psixologlari tashkiliy-metodik qoʻllab-quvvatlash “psixolog portali”ni ishlab chiqish.

2

Afinova Ayimkhan

Bike Sharing Nukus

3

Aripxodjaeva Shaxzoda

Nutcracker

4

Axmadjonov Mavlonbek

Koʻzi ojizlar uchun innovatsion relyefli xaritaning yangi avlodini yaratish

5

Bazarbayev Sardor

KUNTESTI mobil ilovasi va www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasi

6

Bektoshev Oybek

Sanoat korxonalarining yuqori va oʻrta bosimli ventilyatorlaridan tashqariga uzatilayotgan havo oqimidan elektr energiya olish innovatsion qurilmasi

7

Boltaboyev Ilhomjon

Tibbiy yordamchi

8

Kamolov Baxtiyor

Animatsion yondashuv asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik ongni shakllantirish texnologiyasi

9

Kosbergenova Bibinaz

Qoraqalpoq mahalliy bugʻdoy navlaridan funktsional ovqat ishlabchiqarish texnologiyasi

10

Meliboev Mirazam

Don va dukkakli urugʻlarini ekish hamda agrotexnik ishlov berish mashinasini sanoat namunasini ishlab chiqish

11

Ni Natalya

DIS-COUNT

12

Nigmatov Azizjon

damda.uz saytini akseleratsiyasi boʻyicha startap loyiha

13

Pardayeva Gulmira

Mahalliy xom ashyolar asosida tayyorlangan uy-joy xoʻjaliklari uchun suv isitish qurilmasi

14

Qurbanov Sherzod

TAKRORIY EKINLAR EKISH UCHUN BIR OʻTISHDA TUPROQNI AGʻDARMASDAN EKISHGA TAYYORLAYDIGANKOMBINATSIYALASHGAN MASHINA

15

Roʻziqulov Gʻulom

KOMBINATSIYALASHGAN QUYOSH VA ISSIQLIK NASOSLI QURILMALAR ASOSIDAGI ENERGIYA TEJAMKOR SOVUTISH – QURITISH KAMERASI

16

Sadikova Saodat

“BOSHLANGʻICH SINFLAR UCHUN INGLIZ TILI FANIDAN MOBIL ILOVA YARATISH”

17

Safarova Setora

“MAKTABGACHA TAʻLIM TASHKILOTLARI UCHUN QUYOSHHAVO QIZDIRISH QURILMASINI YARATISH”

18

Shermatova Iroda

Stomatitni davolovchi plastinka-tez, oson va qulay (Brend nomi “ORAL PLAST”)

19

Suyumov Akmal

Quyosh Tomchilari

20

Turdiqulov Islom

Ekologik xavfsiz polimer plyonka va qadoqlovchi materiallar olish uchun bioparchalanuvchi kompaundlar ishlab chiqarish korxonasini yaratish

21

Umurov Ulugʻbek

Mahaliy xom-ashyolardagi agressiv muhitda ishlatiladigan keramik kislota materiallar olishini inovatsion texnologiyalar orqali ishlab chiqarishda qoʻllash

22

Xalilov Nurmuhammad

Qishloq hoʻjaligi ekinlari uchun agrotexnik ishlov berish mini traktor mashinasini saonat namunasini ishlab chiqish

23

Xaydarov Doniyor

“Rekuperator va havo tozalagichlarini ishlab chiqish”

24

Xudanov Baxtinur

Tibbiyot muassasasida innovatsion telemeditsina xizmatini tashkil etish

25

Yuldashev Rasuljon

TALABALAR UCHUN INTERAKTIV XIZMATLAR